16 May 2026 309

“Sharq marvaridi-2026” gʻoliblariga Prezident sovgʻalari topshirildi

Bugun poytaxtimizdagi “Ashxobod” sayilgohida axaltaka otlari boʻyicha tashkil etilgan “Sharq marvaridi-2026” musobaqalarining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda Turkmaniston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shadurdi Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Achilbay Ramatov hamda boshqa rasmiy vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar mazkur nufuzli tadbir qardosh oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasidagi tarixiy rishtalarni, milliy anʼanalar va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Tadbir yakunida shiddatli ot poygalari va koʻrgazmali chiqishlarda yuqori mahorat koʻrsatib, gʻalaba qozongan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech