18 Oktyabr 2026 106

Bahodir Jalolov professional boksda 18-gʻalabasiga erishdi

Angliya poytaxti London shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. Unda ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, professional boksda magʻlubiyatsiz harakat qilayotgan Bahodir Jalolov 18-jangini oʻtkazdi.

Mezbon Solomon Dakresga qarshi ringga koʻtarilgan yurtdoshimiz 10 raund davom etgan bahsda toʻliq ustunlik qildi. 1 marotaba nokdaun holati ham qayd etildi. Yakunda Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi.

Text to speech