18 Oktyabr 2026 103

Tennischilarimiz Ningbo Open WTA turnirining asosiy davrasiga yoʻl olishdi

Ertaga Xitoyning Ninbo shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 500 tasnifidagi BNB Ningbo Open turniri start oladi. Oʻzbekistonlik raketka ustalari Kamila Rahimova (dunyo reytingida 69-o’rin) hamda Polina Kudermetova (102) musobaqaning saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va asosiy davraga yo'llanma olishdi.

Birinchi davrada hamyurtlarimizni quyidagi uchrashuvlar kutib turibdi:

19-oktyabr:
Kamila Rahimova – Mariya Buzkova (Chexiya, 28);
20-oktyabr:
Polina Kudermetova – Kristina Buksha (Ispaniya, 38).

Musobaqa 25-oktyabr kuni o'z nihoyasiga yetadi.

Text to speech