17 Oktyabr 2026
66
Ikki yillik tanaffusdan keyin Diyora Keldiyorova tatamiga qaytmoqda
Bugun Qozogʻistonning Aktau shahrida dzyudo boʻyicha “Aktau Asian Open 2026” turniri boshlanadi. Ahamiyatlisi, mazkur musobaqada 2 yillik tanaffusdan keyin Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova ham ishtirok etadi.
Hamyurtimiz avvalgidek -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqadi. Shuningdek, 18-oktyabr kuni yakunlanadigan mazkur turnirda jami 25 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib boradi.