16 Oktyabr 2026 193

Dakar-2026: Yoshlar Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

31-oktyabr – 13-noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakar shahrida IV yozgi yoshlar Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasining tayyorgarlik jarayonlariga bagʻishlangan onlayn yigʻilish tashkil etildi.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov olib bordi. Unda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari masʼullari ishtirok etib, boʻlajak musobaqaga tayyorgarlikning muhim jihatlarini muhokama qildilar.

Yigʻilishda tashkiliy qoʻmita tomonidan musobaqa ishtirokchilarining vaksinatsiyadan oʻtishi talabi belgilangani qayd etildi. Shu munosabat bilan federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullariga yosh sportchilarning ota-onalarini ushbu talabdan xabardor qilish hamda ularning roziligi olingan taqdirda tegishli ishlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, sportchilarning musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, delegatsiyaning Senegalga tashrifini rejalashtirish va tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Text to speech