16 Oktyabr 2026
102
Bugun yosh bokschilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Dunyoning 69 mamlakatidan 474 nafar charm qo’lqop ustalari qatnashadigan mazkur musobaqa 27-oktyabrga qadar davom etadi.
Bugundan saralash janglari tashkil etiladi. Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yigitlar o‘rtasida 10 ta, qizlar o‘rtasida esa 8 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishadi.