16 May 2026 300

Anvar Anvarov “Brilliant liga”da bronza medaliga sazovor boʻldi

Bugun Xitoyning Shanxay shahrida yengil atletika olamining nufuzli musobaqasi – “Brilliant liga”ning yangi mavsumi boshlandi. Ahamiyatlisi, erkaklar oʻrtasida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvar Anvarov sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz musobaqada 8.01 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega chiqdi.

Brilliant liga, Xitoy
Uzunlikka sakrash, erkaklar:


🥇 Mattia Furlani (Italiya) – 8.43 metr
🥈 Bojidar Saraboyukov (Bolgariya) – 8.07
🥉 Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 8.01

Text to speech