11 Oktyabr 2026 141

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha jahon chempionati yakunlanmoqda. Musobaqaning soʻnggi kunida kechgan aralash jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz bronza medallarimi qoʻlga kiritishdi.

Saralashda Germaniya va Gruziya termalarini magʻlub etgan yurtdoshlarimiz yarim finalda Rossiya jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bronza medali uchun bahsda Moʻgʻuliston termasi 4:2 hisobida taslim etildi.

Text to speech