11 Oktyabr 2026 61

Toshkentda ilk bor stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkaziladi

19-25-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqada mazkur sport turida kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgani bilan yanada ahamiyatli.

Chempionatda 33 mamlakatdan 255 nafar sportchi ishtirok etadi. Reglamentga koʻra, bellashuvlar yakkalik, juftlik, aralash juftlik va jamoaviy dasturlarda tashkil qilinadi. Ahamiyatlisi, jamoaviy dasturda kelasi yili Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmalari oʻynaladi.

Bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasining 10 nafar sportchisi ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz 12-oktyabr kunidan KXDR va Qirgʻiziston terma jamoalari bilan musobaqa oldidan soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini boshlaydi.

Text to speech