11 Oktyabr 2026
60
Qosimhojiyev hamda Sobirjonova Parij Gran-prisida sovrindor boʻlishdi
Fransiya poytaxtida tashkil etilayotgan taekvondo WT boʻyicha Gran-pri turnirining ortda qolgan kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi. Sportchilarimiz unda 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medalni -68 kg vazn toifasida jang qilgan Najmiddin Qosimhojiyev keltirdi. -67 kg toifasida yarim finalgacha yetib borgan Ozoda Sobirjonova esa shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.