10 Oktyabr 2026
75
Yosh sablyachilarimiz yakkalik bahslarida 2 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Shu kunlarda poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar (U17) va yoshlar (U20) oʻrtasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqada yakkalik bahslari ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 tadan oltin va kumush medallarga ega chiqishdi.
Oltin medalni yoshlar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etgan Alpamis Oʻrakbayev keltirdi. Oʻsmir yigitlar dasturida finalgacha yetib borgan Muhammadali Tursinboyev esa kumush medal bilan taqdirlandi. Ertaga sportchilar jamoaviy dasturda sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi.