9 Oktyabr 2026
107
Taekvondochilarimiz Parij Gran-prisida qatnashishadi
Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT boʻyicha Gran-pri turniri start oladi. 11-oktyabrga qadar davom etadigan G6 tasnifidagi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
Ayollar:
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Saidova
Dasturga koʻra, bugun sportchilarimiz -58 kg, +80 kg va +67 kg vazn toifalarida medallar uchun jang qilishadi.