OOK vakillari Olimpiya shaharchasidagi infratuzilma bilan tanishishdi
Toshkent-2029 IV Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrganish maqsadida poytaxtimizda boʻlib turgan Osiyo Olimpiya kengashi mutasaddilari Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, majmuada yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlarga Olimpiya shaharchasida joylashgan zamonaviy sport inshootlari, musobaqalarni oʻtkazish uchun yaratilgan sharoitlar hamda sportchilar va delegatsiyalar uchun moʻljallangan infratuzilma haqida maʼlumot berildi. OOK vakillari shaharchadagi obyektlarni koʻzdan kechirib, ularning Toshkent-2029 Osiyo yoshlar oʻyinlarini yuqori saviyada qabul qila olishiga ishonch bildirishdi.
Tashrif doirasida Osiyo Olimpiya kengashi va Oʻzbekiston tomoni oʻrtasida boʻlajak musobaqaga tayyorgarlikning muhim yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.