9 Oktyabr 2026 118

Suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi. Kunning ikkinchi yarmida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur nufuzdagi musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda World Aquatics, Osiyo Olimpiya kengashi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, Uzbekistan Aquatics federatsiyasi va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbariyati ishtirok etdi.

Soʻz olgan rasmiylar bu turnir mamlakatimiz tarixida suzish boʻyicha oʻtkazilayotgan eng katta musobaqa ekaniga, suv sporti turlari jadal surʼatlarda rivojlanib borayotganiga alohida toʻxtalib oʻtishdi. Marosimning rasmiy qismidan soʻng musobaqaning kechki dasturidan oʻrin olgan final bellashuvlariga navbat berildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon kubogining mazkur bosqichida dunyoning 40 ta mamlakatidan 230 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda. Bellashuvlar 10-oktyabrga qadar davom etadi.

Text to speech