2 Oktyabr 2026
304
Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlariga esdalik nishonlarini topshirish anʼanasi davom etdi
Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati tomonidan Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlariga esdalik nishonlarini topshirish anʼanasi davom etadi. Bugun ham Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan bir qator sportchilarimizga ana shunday sovgʻalar topshirildi.
Tadbir davomida rasmiylar sportchilarimizning muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshayotgan trenerlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan qutlashdi.