Oʻzbekiston – ikki karra shaxmat Olimpiadasi chempioni!
Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritdi. Jamoamiz Samarqandda yakuniga yetib borayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ortda qolgan 11 turda 10 ta gʻalaba bilan 20 ochko toʻpladi va birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, bu shaxmatchilarimizning Olimpiadada erishgan ikkinchi muvaffaqiyati boʻldi. Hamyurtlarimiz bundan 4-yil avval Hindistonda oʻtgan shaxmat Olimpiadasida ham zafar quchishgan edi. Barakalla, yigitlar!
Jamoamiz safida dona surgan shaxmatchilarimiz:
Javohir Sindarov;
Nodirbek Abdusattorov;
Nodirbek Yakubboyev;
Shamsiddin Vohidov;
Muhiddin Madaminov.
Trener: Rustam Qosimjonov.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakat shaxmat federatsiyasi, grossmeysterlarimiz va yurtimiz shaxmat muxlislarini ushbu tarixiy gʻalaba bilan samimiy qutlaydi.