26 Sentyabr 2026
54
Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiylari XOQ Prezidenti bilan uchrashishdi
Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamda World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi byurosi aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda qator nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Samimiy muloqotlarda xalqaro sport hamjamiyati doirasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Olimpiya harakatini qoʻllab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.