Kichik o‘smirlarimiz Osiyo chempionatida 27 ta medal bilan birinchi bo‘lishdi
Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi. U15 yosh toifasini tashkil etgan mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza, jami 27 ta medal jamg‘arib, qit’amizda tengsiz ekanini namoyish etdi.
🥇 Oltin medal:
-37 kg: Fayozbek Noraliyev
-40 kg: Jasurbek Xayrullayev
-46 kg: Mansurbek Abduhamitov
-49 kg: Sardorbek Omonboyev
-52 kg: Javohir Ne’matjonov
-64 kg: Samandar Jo‘raboyev
+70 kg: Ibrohim Mirzakarimov
-33 kg: Odina Yusupova
-35 kg: Sarvinoz Zoirova
-49 kg: Zebiniso Abdullayeva
-55 kg: Bahora Mahmudjonova
-64 kg: Malika Ulug‘bekova
+70 kg: Zahro Daniyarova
🥈 Kumush medal:
-55 kg: Boburmirzo Murodov
-58 kg: Abdulloh Karimjonov
-61 kg: Azizbek Egamberganov
-70 kg: O‘lmasbek Satimov
-40 kg: Ominaxon Nosirova
-58 kg: Muqaddas Zokirova
-67 kg: Shahona Mullajonova
-70 kg: Xonzodabegim Baratova
🥉 Bronza medal:
-33 kg: Shamshod Komilov
-43 kg: Adizbek Ilhombekov
-67 kg: Bobur Niyazov
-37 kg: Sarvinoz Risqulova
-43 kg: Nargiza Serikbayeva
-61 kg: Zuhra Ismoilova