21 Sentyabr 2026
88
Aichi-Nagoya-2026: Bizda birinchi oltin! Abdulvaxob Rashidov – Osiyo oʻyinlari chempioni
Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida oʻzining dastlabki oltin medaliga sazovor boʻldi. Karate bahslarida -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvaxob Rashidov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, musobaqa chempionligiga erishdi. Hamyurtimiz finalda mezbon sportchi Yugo Kozakidan ustun keldi.
Barakalla, Rashidov! Olgʻa, Oʻzbekiston!