20 Sentyabr 2026 92

Aichi-Nagoya-2026: Bizda birinchi medal! Humoyunmirzo Halimov Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlaridagi dastlabki medalga ega chiqdi. Unga karate boʻyicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov mualliflik qildi.

Finalgacha yetib borgan yurtdoshimiz hal qiluvchi bosqichda qozogʻistonlik Joloman Bigabilga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barchani musobaqadagi birinchi medal bilan qutlaydi.

Text to speech