OOK va MOQA rasmiylari ishtirokida qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi
Bugun Nagoya shahrida Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (MOQA) hamda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) rahbariyati ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazildi. Unda tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, qitʼa sportining istiqbolli yoʻnalishlari hamda strategik ahamiyatga ega qator masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Tadbir doirasida O.Umarov xalqaro va mintaqaviy sport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashib, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va sport sohasida tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.