18 Sentyabr 2026
99
Atletlar shaharchasida Oʻzbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Bugun Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan delegatsiyalarni qarshi olish marosimi tashkil etildi. “Garden Pier” bogʻidagi Atletlar shaharchasida oʻtkazilgan marosimda Sport vaziri Adham Ikramov hamda OOK vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi delegatsiyamiz a’zolari ishtirok etishdi.
Tashkiliy qoʻmita vakillari delegatsiyamizni kutib olishdan minnatdorligini bildirib, sportchilarimizga omad tiladi. Shundan soʻng maydon uzra madhiyamiz yangrab, ishtirokchi davlatlar orasida bayrogʻimiz koʻtarildi.
Marosim yakunida A.Ikramov hamda O.Umarov delegatsiyamiz nomidan bogʻ uchun koʻchat oʻtkazishdi.