18 Sentyabr 2026
134
OOK rahbariyati Aichi-Nagoya-2026 mash’alasining estafetasida qatnashdi
Nagoya shahri boʻylab XX yozgi Osiyo o‘yinlari mash’ala estafetasi oʻtkazilmoqda. Bugun ushbu tadbirda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) rahbariyati va tashkilot mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda tashkilot rahbari Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy, OOK vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va boshqa rasmiylar qatnashishdi.
Yaponiyada o‘tkazilayotgan ushbu ramziy estafeta qit’aning bosh sport musobaqasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, Osiyo xalqlarini sport va Olimpiya qadriyatlari atrofida birlashtirishga xizmat qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Aichi-Nagoya-2026 musobaqalari 19-sentyabrdan 4-oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.