11 Sentyabr 2026 65

Uch karra Olimpiada sovrindori Rishod Sobirov 40 yoshda!

Bugun oʻzbek dzyudosining yorqin vakillaridan biri, Olimpiya oʻyinlarining 3 karra bronza medali sohibi, 2 karra jahon chempioni, Osiyo oʻyinlarining 1 tadan oltin va bronza medallari sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Rishod Sobirov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rishod Rashidovichni bugungi yubiley bilan samimiy tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech