10 Sentyabr 2026
65
Koʻhna Samarqand dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini oʻzida jamladi
Butun dunyo shaxmat ishqibozlarining nigohi mamlakatimizda. Samarqand shahri 10-17-sentyabr kunlari 3-Butunjahon shaxmat Paralimpiadasi va 15-27-sentyabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Ayni daqiqalarda 3-Butunjahon shaxmat Paralimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Sayyoramizning eng kuchli shaxmat ustalarini oʻzida jamlagan mazkur musobaqalarda grossmeysterlarimizga omad va gʻalabalar tilab qolamiz.