9 Sentyabr 2026
130
Dzyudochilarimiz Budapesht “Katta dubulgʻa” turnirida joʻnab ketishdi
11-13-sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi. Dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchini oʻzida jamlaydigan ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Jamoamiz bugun quyidagi tarkibda Vengriyaga yoʻl oldi:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
Ayollar:
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-78 kg: Marjona Koʻchimova