3 Sentyabr 2026 129

US Open: Kamilla Rahimova uchinchi davraga yoʻl oldi. Navbatdagi raqib – Arina Sobolenko!

Tennischimiz Kamilla Rahimova (92-raketka) AQSH ochiq chempionatida navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selexmetovaga (93) qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz dastlabki setni 6:3 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Rahimovaning total ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi va u 6:0 hisobidagi gʻalaba bilan katta qiyinchiliksiz keyingi davraga yoʻl oldi.

Uchinchi davrada tennischimizga ikki yildan beri ketma-ket mazkur turnirda chempion boʻlib kelayotgan jahon reytingi yetakchisi, belaruslik Arina Sobolenko raqiblik qiladi.

Text to speech