31 Avgust 2026
81
US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini musobaqadan chiqarib yubordi
Nyu-Yorkda tennis boʻyicha yilning soʻnggi “Katta dubulgʻa” turniri — US Open start oldi.
Musobaqaning asosiy davrasida qatnashayotgan yurtdoshimiz Kamilla Rahimova (dunyoning 92-raketkasi) 1-bosqichda jahon tasnif jadvalida 29-pogʻonani egallab turgan chexiyalik Barbora Kreychikovani sensatsion tarzda magʻlubiyatga uchratdi.
Teng kurashlar ostida kechgan 1-set 7:6 hisobida Rahimovaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Yurtdoshimiz 2-boʻlimni toʻliq nazoratga oldi va 6:2 hisobida ustun kelib, bahsni oʻz foydasiga hal qildi.
Shuningdek, bugun kechki dasturda yana bir tennischimiz Mariya Timofeyeva (86) kortga chiqadi. Unga sloveniyalik Tamara Zidanshekka (149) raqiblik qiladi.