30 Avgust 2026
87
Bokschilarimiz Osiyo oʻyinlaridan avval Toshkentdagi oxirgi yigʻinini oʻtkazishmoqda
Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Bu jamoamiz uchun Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlaridan oldin yurtimizdagi soʻnggi yigʻin hisoblanadi. Yana bir necha kundan keyin bokschilarimiz Yaponiyaga yoʻl olishadi.