29 Avgust 2026
97
Shohsanam Sherzodova hamda Nilufar Zokirova jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritishdi
Polshaning Poznan shahrida oʻtayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatining bugungi bahslari ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Ayollar oʻrtasida 200 metr masofaga kechgan juftlik kanoe dasturida Shohsanam Sherzodova hamda Nilufar Zokirova kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Bu terma jamoamizning mazkur dunyo birinchligida qoʻlga kiritgan ikkinchi medali boʻldi. Eslatib oʻtamiz, kecha shu masofada kechgan erkaklar oʻrtasidagi yakkalik kanoe bahslarida Artur Guliyev ham marraga ikkinchi boʻlib yetib kelgan edi.