Bugun dzyudochilarimiz Lozanna “Katta dubulgʻa” turniridagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Shveysariyaning Lozanna shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Dunyoning 77 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham qatnashadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining maʼlumotiga koʻra, turnirda quyidagi 21 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib boradi:
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Toʻlqinbek Turdiyev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-52 kg: Soʻdiyona Rafkatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Koʻchimova
+78 kg: Umida Nigʻmatova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida -60 kg, -66 kg, ayollar oʻrtasida esa -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.