27 Avgust 2026
125
Karim To‘laganovni tabriklaymiz!
Bugun o‘zbek boksining yorqin vakillaridan biri, Atlanta-1996 yozgi Olimpiya o'yinlari va Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, “Mehnat shuhrati” ordeni va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Karim To‘laganov tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi faxriy sportchimizni bugungi ayyom bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.