26 Avgust 2026 125

Yengil atletikachilarimiz III Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

23-25-avgust kunlari poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha III Markaziy Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Unda 9 davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Turnir kelasi yil Pekin shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli boʻldi. Murosasiz bahslar yakuniga koʻra, oʻzbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Qayd etish joiz, ushbu musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi atletlarimizning Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarligini ham koʻzdan kechirib oldi.

Text to speech