12 May 2026
62
Samarqandda “Uzbekistan judo tour” musobaqasi tashkil etildi
Samarqand shahrida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan judo tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan musobaqada erkaklar -66 kg, -81 kg va +90 kg, ayollar -63 kg vazn toifasida bahs olib borishdi.
Yakunda Abdurahmon Saʼdullayev (-66 kg), Mirjalol Toʻxtayev (-81 kg), Fazliddin Rafiqov (+90 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg) oʻz vaznlarida oltin medalni qoʻlga kiritishdi.