Jizzaxdagi sport muassasalarining yangi mavsumga tayyorgarligi oʻrganildi
Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Olimpiya harakati va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma hamda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida Jizzax viloyatida xizmat safari bilan boʻlib turibdi.
Tashrif davomida rasmiylar viloyat Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda “Soʻgʻdiyona” sport majmuasida boʻlib, mazkur muassasalarda olib borilgan oʻzgarishlar, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdi.
Jumladan, sport inshootlarining texnik holati, mashgʻulot zallarining jihozlanishi, sportchilar va murabbiylar uchun yaratilgan qulayliklar, shuningdek, taʼlim-mashgʻulot jarayonini samarali tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Masʼullar bilan muloqotlarda “Prezident Olimpiadasi” bahslariga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududda iqtidorli yoshlarni saralash va ularning mahoratini oshirish, sportchilar zaxirasini shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Xizmat safari davomida yangi qurilgan sport obyektlarini koʻzdan kechirish va ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.