22 Avgust 2026
88
MOQning sobiq rahbari Sobir Ro’ziyev olamdan oʻtdi
Oʻzbek qilichbozligining zabardast oʻgʻloni, Moskva-1980 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medali sovrindori, jahon chempionatlarining 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali sohibi, MOQning sobiq raisi, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Sobir Ro’ziyev 73 yoshida vafot etdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qoladi. Oʻtganlarning oxirati obod boʻlsin.