21 Avgust 2026
156
Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi
Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
🥉 Bronza medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova