21 Avgust 2026 155

Muhayyo Narzilloyeva jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi

Bratislava shahri (Slovakiya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U20 jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Kechagi bahslarda kurashchi qizlarimizdan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi.

🥈 Kumush medal:
-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva

Bugun kurashchi qizlarimizdan Ulbike Karlibayeva bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, 3 nafar erkin kurashchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.

Bronza medali uchun:
-57 kg: Ulbike Karlibayeva / Liliana Kapuvari (Vengriya) — Hiunai Hurbanova (Ozarbayjon)

Text to speech