20 Avgust 2026 154

Taekvondochilarimiz “World Taekwondo Presidentʼs Cup” turnirini 9 ta medal bilan yakunlashdi

Pokistonning Laxor shahrida taekvondo WT boʻyicha “World Taekwondo Presidentʼs Cup – Asia” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi. Turnirning soʻnggi kunida oʻzbekistonlik sportchilar 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

🥈 Kumush medal:
-87 kg: Yodgor Joʻraboyev
-68 kg: Shohjahon Ahmedov

🥉 Bronza medal:
-57 kg: Madina Mirabzalova

Shu tariqa, taekvondochilarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal jamgʻarishga erishdilar.

Barcha gʻolib va sovrindorlar:

🥇 Oltin medal:
-80 kg: Jasurbek Jaysunov

🥈 Kumush medal:
-68 kg: Shohjahon Ahmedov
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-87 kg: Yodgor Joʻraboyev
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+73 kg: Svetlana Saidova

🥉 Bronza medal:
+ 87 kg: Marat Mavlonov
-57 kg: Madina Mirabzalova

Text to speech