20 Avgust 2026 71

“Klassik” kurashchilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

Sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari ortda qoldi. Slovakiyada tashkil etilayotgan chempionatning ortda qolgan kunida sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥈 Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov

🥉 Bronza medal:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova
-53 kg: Sohibjamol Esboʻsinova

Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga koʻra, hamyurtlarimiz 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Bugun kechki dasturda qizlarimizdan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida final bahsini oʻtkazsa, Feruza Kayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi. Shuningdek, kun davomida erkin va ayollar kurashi bahslarida yana 3 nafar sportchimiz saralash bosqichida qatnashishadi.

Final:
-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva – Margarita Salnazaryan (Rossiya)

Bronza medali uchun:
-62 kg: Feruza Kayratdinova / Ozdenur Ozmez (Turkiya) – Yifan Chju (Xitoy)

Text to speech