Ikki nafar yosh kurashchimiz jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi
Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari boʻyicha U20 jahon chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan kun yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
🥉 Bronza medal:
-55 kg: Hojiakbar Qoʻchqorov
-72 kg: Behruzbek Valiyev
Bugun kechki dasturda “klassik” kurashchilarimizdan Dostonbek Oripov finalda ozarbayjonlik raqibi bilan bahs olib boradi. Shuningdek, qizlarimizdan 2 nafari bronza medali uchun kurashsa, yana 4 nafari saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Final:
-60 kg: Dostonbek Oripov – Ayxan Javadov (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova – Diana Voikilesku (Ruminiya) / Yu Chjan (Xitoy) / Kamilla Pixor (Ukraina)
-53 kg: Sohibjamol Esbosinova – Elmira Karalbayeva (Qirgʻiziston) / Dinara Dauilkizi (Qozogʻiston)