12 Avgust 2026 107

Mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlangan “Laser Run City Tour” turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Tashkent City Park” hududida zamonaviy beshkurashning yugurish va lazerli otish turlari boʻyicha “Laser Run City Tour 2026” turnirining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etib, yosh sportchilarni eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz bilan qutlashdi.

Bellashuvlarda 300 nafardan ortiq havaskor sportchi qatnashdi. Ularning 120 nafari yoshlardan iborat. Joriy turnir orqali bolalar zamonaviy beshkurashning ushbu ikki yoʻnalishi bilan yaqindan tanishib olishdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech