13 Avgust 2026
38
Badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionati boshlandi
Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika boʻyicha litsenzion jahon chempionati start oldi. Maʼlum qilganimizdek, ushbu dunyo birinchiligida sportchilarimiz yakkalik va guruh mashqi dasturlarida sovrinlar qatori Los-Anjeles-2028 yoʻllanmalari uchun bahs olib borishadi.
Dasturga koʻra, bugun va ertaga yakkalik dasturida saralash bahslari boʻlib oʻtadi. Ikki kun davomida Taxmina Ikromova turli elementlarda oʻz chiqishini namoyish qiladi. Sportchimiz dastlab toʻp bilan mashq dasturidagi chiqishini yakunladi va 26.050 ball jamgʻarishga erishdi.