8 Avgust 2026
280
Ogʻir atletikachilarimiz qit’a birinchiligida yana bir bronza medaliga ega chiqishdi
Toshkentda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medal rasmiylashtirildi.
Oʻsmirlari oʻrtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz siltab koʻtarish mashqida 134 kg bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.