8 Avgust 2026 276

Eshkak eshuvchi qizlarimiz qatorasiga ikkinchi yil jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi

Bolgariyaning Plovdiv shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, qizlarlar oʻrtasida kechgan JW2- juftlik dasturida oʻzbekistonlik sportchilar Aydana Smetullayeva hamda Rayhona Sattorova kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Qayd etish joiz, ushbu juftlik oʻtgan yilgi dunyo birinchiligida ham kumush medallarga ega chiqqan edi.

Akademik eshkak eshish, U19 jahon chempionati (Bolgariya)
JW2-
🥇 Italiya
🥈 Oʻzbekiston (A.Smetullayeva, R.Sattorova)
🥉 Avstraliya

Text to speech