3 Avgust 2026 115

Osiyo oʻyinlariga tayyorlanayotgan sportchilarimiz bilan profilaktik seminarlar oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoalarimiz uchun profilaktik seminarlar tashkil etilmoqda. Unda agentlik mutaxassislari musobaqaga tayyorlanayotgan sportchilarimiz bilan uchrashib, antidoping qoidalari, taqiqlangan moddalar va usullar roʻyxati, doping nazorati jarayonlari hamda sportchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar bermoqda.

Seminarlar davomida xalqaro antidoping talablariga qatʼiy rioya etish, har bir sportchining shaxsiy masʼuliyatini oshirish, shuningdek, musobaqalarda noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham berib borilmoqda.

Text to speech