31 Iyul 2026
72
Kurashchimiz Muxlisa Masharipova jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatining ortda qolgan kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. -43 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Muxlisa Masharipova finalda germaniyalik Finya Strauxni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.
🥇 Oltin medal:
-43 kg: Muxlisa Masharipova
Bugun besh nafar erkin kurashchimiz saralash bahslarida, qizlarimizdan Sabrina Abdreymova esa bronza medali uchun oʻtish bahsida ishtirok etadi.
Oʻtish bahsi:
-53 kg: Sabrina Abdreymova / Madalina Pavel (Ruminiya) – Valeriya Stancheva (Bolgariya)