30 Iyul 2026
71
Sport tashkilotlari faxriylar kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek sportining rivojiga koʻp yillar davomida ulkan hissa qoʻshgan fidoyi shaxslardan biri, Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylar kengashi raisi, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibi Bahodir Maxsitov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bahodir Maxsitovichni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.