30 Iyul 2026 82

Kurashchimiz Bunyod Hasanov U17 dunyo birinchiligida ikki karra chempionlikni qoʻlga kiritdi

Boku shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari oʻz yakuniga yetdi. -51 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz Bunyod Hasanov ikkinchi bor ushbu yosh toifasida jahon chempionligiga sazovor boʻldi. Shuningdek, Sadriddin Toʻlqinboyev (-60 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

🥇 Oltin medal:
-51 kg: Bunyod Hasanov

🥉 Bronza medal:
-60 kg: Sadriddin Toʻlqinboyev

Bugun kun davomida qizlarimizdan 5 nafar kurashchimiz saralash bahslarida ishtirok etadi. Shuningdek, Muxlisa Masharipova chempionlik, Shahzoda Azimova esa bronza medali uchun oʻtish bosqichida ishtirok etadi.

🏆 Final:
-43 kg: Muxlisa Masharipova – Finya Strasx (Germaniya)

Bronza medali uchun:
-65 kg: Shahzoda Azimova / Irina Buxtina (Ukraina) – Palina Braxinets (Belarus)

Text to speech