30 Iyul 2026 80

2027-yilgi U17 Osiyo kubogi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda 2027-2029-yillar davomida turli yosh toifalaridagi Osiyo kubogiga mezbon davlatlar nomi tasdiqlab olindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston 2027-yil U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogini qabul qiladi. Boshqa musobaqalar va ularning mezbonlari bilan tanishing:

2027-yil U17 Osiyo kubogi: Oʻzbekiston;
2028-yil U23 Osiyo kubogi: Yaponiya (Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun litsenzion);
2029-yil U17 Osiyo kubogi: Saudiya Arabistoni.

Shuningdek, yigʻilishda elit Osiyo chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumdan eʼtiboran 32 jamoalik formatda oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Text to speech